Turkiyada oʻzbekistonlik erkak xotinini pichoqlab oʻldirdi

Denizlida oʻzbekistonlik er-xotin oʻrtasida boshlangan bahs qon bilan yakunlandi. Xotinini pichoqlab oʻldirgan erkak oʻziga ustara bilan ogʻir tan jarohati yetkazdi

world-news

Denizlida oʻzbekistonlik er-xotin oʻrtasida boshlangan bahs qon bilan yakunlandi. Xotinini pichoqlab oʻldirgan erkak oʻziga ustara bilan ogʻir tan jarohati yetkazdi.

Turkiyaning Denizli shahri Merkezefendi tumanida oʻzbekistonlik erkak xotinini pichoqlab oʻldirdi. Oʻzbekistonlik er-xotin oʻrtasida nomaʼlum sabablarga koʻra, janjal kelib chiqqan. Erkak bu orada rafiqasiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Voqea joyiga politsiya va tez tibbiy yordam xodimlari yetib ketgan. Biroq ayolning oʻlgani aniqlangan.

Erkak hodisa davomida oʻziga ustara bilan ogʻir tan jarohati yetkazgan, u hozirda Pamukkale universiteti kasalxonasida davolanmoqda. Juftlik Turkiyaga taxminan 3 oy oldin kelgani aniqlangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.